FVV xodimlari 4 yashar Mirziyoni alanga ichidan olib chiqdilar

Jamiyat

image

Navoiyda uyda qarovsiz qoldirilgan 4 yashar go‘dak alanga ichida sog‘-omon olib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Kecha, 7 noyabr kuni soat 08:47 da Navoiy shahar M.Tarobiy ko‘chasida joylashgan 4 qavatli 95G-uyning 4-qavatidagi 15-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga zuldikda 1 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobili, 1 ta yong‘in o‘chirish avtonarovni va 1 ta maxsus qutqaruv xizmati otryadi yuborilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 4 daqida yetib borgan. 

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida ko‘p qavatli uyning 4-qavatidagi yong‘in soat 08:56 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etish vaqtida uyda yolg‘iz qoldirilgan 2015 yilda tug‘ilgan Mirziyo yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolingan. 

Yong‘in o‘chirish avtonarvoni to‘rtinchi qavatga o‘rnatilib, maxsus gidravlik qaychi yordamida xonadonning temir panjaralari kesib olingan va alanga ichida qolgan bolakay qutqaruvchilar   X.Haqberdiyev, G‘.Rajabov, B.Elmurodov, F.Xalimovlar tomonidan qutqarib olingan. 

Yong‘indan uyning 65 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida xonadonning 15 kv.metr maydonda shift qismi va oshxona jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in FVV

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing