FVV xodimi pora bilan qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
17 aprel 4634 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman markazida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, uni yopib qo‘ymaslik hamda qonuniy chora ko‘rilishi uchun to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini umumiy ovqatlanish maskani rahbaridan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida ijro ishlari bo‘yicha 10,2 mln so‘mlik qarzdorlikni yopib berish evaziga 4 mln so‘m olgan soxta Majburiy ijro byurosi xodimi ushlangandi.
Live
Barchasi