Mirzaqulov Mirzacho‘lga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov Mirzacho‘l tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 20 fevral kuni tanqidiy ruhda o‘tgan xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qilgan.

Shundan so‘ng, deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan ma’qullagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. U 2020 yildan beri Sirdaryo tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chust tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Jizzax Mirzacho'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing