Mirzacho‘l tibbiyot birlashmasida 935 mln so‘m talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
20 dekabr
2608Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi tibbiyot birlashmasida 935 mln 455 ming so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘lanishi qonuniyligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.
Natijada tibbiyot birlashmasining mansabdor shaxslari 2023 yilning yanvar oyidan 2024 yilning noyabr oyiga qadar ataylab 17 nafar ishchi-xodimga jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘ini ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lab bergani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, mansabdor shaxslar ushbu pul mablag‘ini ishchi-xodimlarning bank kartalaridan yechib olib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tibbiy texnika jihozlarini qiyoslovdan o‘tkazmagan tibbiyot muassasalariga 44 mingdan ortiq iste’molchilardan asossiz olingan 900 million so‘mga yaqin pul mablag‘larni qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berilgandi.