FVV Quyichirchiqdagi portlash sababini izohladi

Jamiyat

image
Quyichirchiqda portlagan uy 2016 yilda qurilgan namunali uy bo‘lgan north_east

Quyichirchiqda portlagan uy 2016 yilda qurilgan namunali uy bo‘lgan

Avvalroq, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani, “Surum” MFY, Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Quyichirchiq tumanidagi uyda portlash qanday sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berdi.

Mazkur vaziyat yuzasidan vazirlik maxsus ishchi guruhi tuzilib, voqeaning kelib chiqishi sabablari o‘rganilgan. Dastlabki xulosaga ko‘ra, gaz quvurining nosozligi tufayli, tabiiy gaz yer osti orqali sizib chiqib,  xonadonga tortilgan kanalizatsiya tizimi orqali xonalar ichiga to‘plangan. 

Sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida esa uyning deraza romlari,  eshiklari,  yotoqxonaning devorlari va shifti hosil bo‘lgan kinetik zarba natijasida deformatsiyaga uchrab, otilib ketgan va shiftdagi temir-beton plitalari qulab tushgan.

Ma’lumot uchun, portlash oqibatida, 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, 4 nafari turli darajadagi tan-jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibby yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Quyichirchiq

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing