FVV “Qamchiq” dovonida harakatlanuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi hamda tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchayishi, ko‘rinuvchanlik yomonlashishi sabab Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Qayd etilishicha, 9-10 oktyabr kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir-qor), vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Avtoyo‘lda yaxvonlik yuzaga kelishi mumkin.

“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon yo‘lida harakatlanayotgan vaqtda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 oktyabrga o‘tar tunda “Qamchiq” dovonida qor yoqqan, o‘sha kuni tongda dovonda 4 ta mashina YTHga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing