FVV aholiga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image
Tuhmat haqida qonunchilik nima deydi va unga javobgarlik qanday? north_east

Tuhmat haqida qonunchilik nima deydi va unga javobgarlik qanday?

Avvalroq, joriy haftada ob-havo harorati pasayishi, ayrim viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilayotgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

“Hurmatli fuqarolar hamda tashkilot,  korxona va muassasalarning rahbarlari. 

Ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlarning is gazidan zaharlanishi holati kuzatilishi mumkin. 

Shu munosabat bilan, bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz: 

•    qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang? 
•    oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang? 
•    isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering? 
•    isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang? 
•    isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling? 
•    gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang? 
•    agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering".


Maqola muallifi

Teglar

FVV

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing