FVV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi

Bu qiziq

image

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” dovonida harakatlanadigan haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

“Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin. 

Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz: 

•    avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;

•    dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;

•    avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish; 

•    haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;

•    viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar,  firmalar,  xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi. 

“Qamchiq” dovoni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: 

“Qamchiq” Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismi:  95146-87-08”. 


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq dovoni

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing