Davlat granti bilan o‘qitishni ko‘paytirmasak bo‘lmaydi – Prezident
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
7834O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senat yalpi majlisidagi nutqida Oliy ta’lim sohasidagi muammo va kamchiliklarga to‘xtaldi.
“Qancha ko‘p pul ketsa ham davlat granti bilan o‘qitishni ko‘paytirmasak bo‘lmaydi. Avval qancha o‘qimishsiz bo‘lsa, shuncha adolatli bo‘lishga harakat qilingan.
Oliy ta’limning qamrovini 9 foizdan 20 foiga yetkazdik. Lekin oliygohning ichidagi domla, muallim, psixolog, ilimli kafedra mudiri yo‘q. Uni tarbiyalash uchun 10 yil ham kam”, deydi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zida davom etib, Samarqand Davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovga yuzlandi. Bugungi kunda Oliy ta’lim sohasida samarqand tajribasini boshqa viloyatlar uchun ham o‘quv qo‘llanma sifatida ishlab chiqish vazifasini topshirdi.
LiveBarchasi