Futzal. O‘zbekiston Tojikistonni yirik hisobda taslim etdi

Sport

image

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida Tojikiston termasiga qarshi bahs olib bordi va 5-2 hisobida zafar quchdi. 

Tojikiston – O‘zbekiston 2-5

Gollar: 

O‘zbekiston: Husniddin Nishonov (7-daqiqa), Davron Choriyev (20), Dilshod Rahmatov (23), Akbar Usmonov (32).

Tojikiston: Dilshod Salomov (11), Fayzali Sardorov (34).

Asosiy tarkib: Ravshan Elibayev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.

Zaxiradagilar: Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Adilov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Hayrulla Solihov, Davlat Ibragimov.

Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruhda 9 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik futzalchilar 2-turda muddatidan avval Osiyo Kubogi yo‘llanmasini naqd qilgandi. 

O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki turda Nepal terma jamoasi ustidan yirik 5-1  hisobda g‘alaba qozongan edi. 2-turda Afg‘oniston ham xuddi shu hisobida tor-mor etilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston O'zbekiston futzal

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing