Futzal: Bugun O‘zbekiston Osiyo kubogidagi yurishini boshlaydi
Sport
−
17 aprel 2024 3662 1 daqiqa
Bugun, 17 aprel kuni Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari start oladi. Ispaniyalik mashhur mutaxassis Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki turda Avstraliya bilan kuch sinashadi.
“B” guruhidan o‘rin olgan mazkur uchrashuvda O‘zbekiston vakillari oq libosda, kengurular yurti futzalchilari esa sariq rangli liboslarda harakatlanadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Iroq Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash keladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Avstraliya o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.
Qayd etish joiz, mazkur turnirda yarim finalga qadar yetib borgan to‘rtta jamoa shu yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston mundial mezboni bo‘lgani uchun qit’a birinchiligida qanday natija qayd etishidan qat’i nazar Jahon kubogida ishtirok etadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr