Futzal. 10 ta gol urilgan o‘yinda O‘zbekiston Marokashga imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Avvalroq futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgani haqida xabar bergandik. Ayni vaqtda Marokashning Rabat shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik futzalchilar mezbonlarga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Umumiy 10 ta gol urilgan bahsda Marokashning qo‘li baland keldi. Jamoalarning birinchi to‘qnashuvida ham mezbonlar kichik farq bilan Bahodir Ahmedov shogirdlarini mag‘lub ertishgandi - 4:3.

Marokash 6:4 O‘zbekiston 

Gollar: Mashrab Odilov (avtogol) 5ʼ, Ashraf Soud 17ʼ, Abbos Elmurodov 18ʼ, 23ʼ, Anas El Ayyane 20ʼ, 37ʼ, Saad Knia (avtogol) 27ʼ, Ixtiyor Ropiyev 34ʼ, Sufyon El Mesrar 35ʼ, Reda Khiyari 39ʼ.


Maqola muallifi

Teglar

Futzal O'zbekiston

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing