Futbolda “qo‘l bilan o‘yin” holatiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Sport

image
0:00
0:00
download

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) ayrim futbol qoidalariga o‘zgarish kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, endi to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tasodifan tegib ketadigan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchi yoki uning jamoadoshi tomonidan urilgan gol inobatga olinadi.

Bunga qadar to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tegadigan bo‘lsa, bu qoidaga xilof hisoblanib, gol va golga tortadigan vaziyatlar inobatga olinmas edi.

Shu bilan birga IFAB mazkur vaziyatda qo‘lning qay tariqa turgani va futbolchining harakatiga baho berishni hakamlarning ixtiyoriga topshirilishini ma’lum qilgan.

Mazkur qaror 2021 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi, biroq ligalarga qarorni muddatidan avval amaliyotga kiritishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

397

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing