Futbolçining ölimiga sababçi bölgan darvozabon qamalişi mumkin

Sport

−

image

Ispaniyaning “Andorra” jamoasi darvozaboni Xesus Ovono “Tenerife” futbolçisi Xesus de Migelning ölimi sabab tört yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bu haqda “El Espanol” naşri xabar berdi.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Ispaniya çempionati ikkinçi divizionidagi uçraşuvda darvozabon Xesus Ovono bilan “Tenerife” futbolçisi Xesus de Migel örtasida töqnaşuv sodir bölgan. Oqibatda futbolçi hayotdan köz yumgan.

Ispaniya qonunçiligida qöpol ehtiyotsizlik oqibatida inson ölimiga sabab bölganlik uçun javobgarlik belgilangan. Agar Ovono aybdor deb topilsa, u tört yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

Hodisa vaqtida Migel maydon markazida Ovono bilan töqnaşgan. Darvozabonning tizzasi futbolçining kökragiga tekkan. Hakam darhol Ovonoga qizil kartoçka körsatgan.

Keyinroq Migelning yuragi töxtab qolgan. Şifokorlar uning yurak faoliyatini tiklaşga muvaffaq bölgan, biroq futbolçi reanimatsiya bölimida vafot etgan.

Ma’lumot uçun, 30 yoşli Migel 2025 yildan buyon “Tenerife” şarafini himoya qilib kelayotgandi. U jamoa safida 29 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 11 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing