Futbolçining ölimiga sabab bölgan darvozabon jazolandi

Sport

−

image

Ispaniya futbol federatsiyasi intizom qömitasi “Andorra” klubi darvozaboni Xesus Ovonoga “Tenerife” hujumçisi Xesus de Migel bilan yuz bergan töqnaşuv uçun 12 ta öyinga diskvalifikatsiya jazosini tayinladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur jazo intizom qoidalarida nazarda tutilgan eng oğir jazo hisoblanadi. Qömita qarorni darvozabonning baland kötarilgan oyoq bilan raqibga zarba bergani, harakat vaqtida haddan taşqari kuç işlatgani va voqeaning oğir oqibatlarini inobatga olib qabul qilgan.

Eslatib ötamiz, hodisa joriy yilning 2 noyabr kuni Ispaniya ikkinçi divizioni doirasida “Tenerife” va “Andorra” jamoalari örtasidagi uçraşuvda sodir bölgan edi. Töqnaşuvdan söng 30 yoşli Xesus de Migel yurak faoliyati töxtaşi oqibatida oğir ahvolga tuşib, şifoxonaga olib ketilgan. Futbolçi erasi kuni 3 noyabrda şifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing