Futbol. O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

Sport

image

Joriy yilning 14-31-oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan U19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar quyidagicha guruhlarga bo‘lindi:

AFC U-19 Championship 2020 Draw

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon sifatida “A” guruhidan o‘rin oldi. Timur Kapadze bosh murabbiyligidagi futbolchilarga guruh bosqichida Indoneziya, Kamboja va Eron futbolchi yoshlari raqib sifatida maydonga chiqishadi.

Musobaqaning ilk uchrashuvi O‘zbekiston va Eron qarama qarshiligi bilan boshlab beriladi. Keyingi turlarda Kapadze shogirdlari dastlab Kambojaga qarshi, so‘ngra Indoneziya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi.

1-tur:

O‘zbekiston - Eron
Indoneziya – Kamboja.

2-tur:

Kamboja - O‘zbekiston
Eron – Indoneziya.

3-tur:

O‘zbekiston - Indoneziya
Kamboja – Eron.

Ma’lumot uchun, ushbu Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib borgan eng kuchli 4 terma jamoa 2021 yilning yozida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U20 Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol osiyo chempionati

Baholaganlar

175

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing