Futbol. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi

Sport

−

image

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 28 sentyabr kuni musobaqaning futbol dasturi doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Indoneziya vakillariga qarshi 1/8 final uchrashuvida maydonga tushdi. 

Uchrashuvning asosiy taymlarida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning boshi (92-daqiqa)da esa o‘zbekistonlik futbolchi Sherzod Esonov hisobni ochdi. Shuningdek, qo‘shib berilgan daqiqalardan unumli foydalangan Esonov 120+3-daqiqada ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 2:0 hisobdagi g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston termasi Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki ikki o‘yinini Gonkong futbolchilariga qarshi o‘tkazib, uchrashuvlarning har ikkalasida g‘alabaga erishgandi. Birinchi o‘yinda 1:0, ikkinchisida esa 2:1 ko‘rinishidagi natija qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing