Futbol tarixidagi eng keksa futbolchi akasining klubiga o‘tdi
Sport
−
11 yanvar 2022
427754 yoshli yaponiyalik futbolchi Kazuyoshi Miura faoliyatini davom ettiradi. U 2022 yilda Yaponiyaning to‘rtinchi ligasida to‘p tepadi va “Yokogama”dan “Suzuka Point Getters”ga ko‘chib o‘tdi.
O‘tgan mavsumda “Yokogama” ikkinchi ligaga tushib ketdi. Miura esa mavsum davomida bor yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Xabar qilinishicha, klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq u ko‘proq o‘yin vaqtini olishni istayotgani uchun rad javobini bergan.
“Suzuka”ga “Qirol Kazu”ning 56 yoshli akasi Yasutoshi Miura murabbiylik qiladi. Qayd etilishicha, bu Kazuyoshi Miuraning professional futboldagi 37-mavsumi bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Miura o‘z faoliyatini 1986 yilda Braziliyaning “Santos” klubida boshlagan. Bir necha mavsum davomida mamlakatning boshqa klublaridato‘p tepganidan so‘ng, Yaponiyaga qaytgan futbolchi u yerda qatorasiga to‘rt yil mamlakat chempioni bo‘lgan. Miura keyinchalik “Jenoa”, “Dinamo Zagreb” singari klublar safida o‘ynagan.
2017 yil 6 mart kuni (50 yosh 7 kunlik) Miura Yaponiya chempionati ikkinchi divizioni doirasida “V-Varen Nagasaki” klubi darvozasiga gol urib, afsonaviy ingliz futbolchisi Stenli Metyuzning rekordini ortda qoldirib, professional futbol tarixidagi gol urgan eng keksa futbolchiga aylangan edi.
Ma’lumot uchun, “Suzuka” uning faoliyatidagi 15-klubga aylandi. Miura Yaponiya terma jamoasi safida 89 ta o‘yinda ishtirok etgan va 55 gol bilan mamlakat tarixida eng yaxshi ikkinchi to‘purar hisoblanadi. “Kunchiqar yurt” tarkibida 1992 yilgi Osiyo kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi