Futbol tarixida ilk marta oq kartochkadan foydalanildi (video)
Sport
−
23 yanvar 2023 38740 1 daqiqa
Portugaliyada ayollar o‘rtasidagi chempionatda tarixda birinchi marta oq kartochkadan foydalanildi. Mazkur holat “Benfika” va “Sporting” o‘rtasidagi uchrashuvda sodir bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda Portugaliyadagi futbol o‘yinlarida oq kartochka ko‘rsatish sinovdan o‘tkazilmoqda.
Oq kartochka – bu jazo emas, balki minnatdorlik belgisi hisoblanadi. Kartochka halol o‘yin va olqishga sazovor vaziyat qahramonlariga ko‘rsatiladi. Portugaliyadagi o‘yinda muxlislardan biriga yordam ko‘rsatgan meditsina xodimiga oq kartochka ko‘rsatildi.
Ma’lumot uchun, oq kartochkadan tashqari futbolda yana ikki xil kartochka mavjud. Bular sariq va qizil kartochkalar hisoblanadi. Ushbu kartochkalardan futbolchi va murabbiylarni ogohlantirish va o‘yindan chetlatishda foydalaniladi.
Live
Barchasi