Futbol tarixida ilk marta ayol hakam JCH o‘yinini boshqaradi

Sport

image

Fransiyalik futbol hakami Stefani Frappar Germaniya va Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-tur uchrashuvini bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Bu haqda kecha, 29 noyabr kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati xabar berdi.

Frappar joriy Jahon chempionatida allaqachon bir o‘yinda rasmiylar qatorida bo‘lishga ulgurdi. Avvalroq, u Polsha va Meksika terma jamoalari (0:0) o‘rtasidagi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida to‘rtinchi hakam sifatida ishlagandi. 

Qatardagi Jahon chempionatiga Frappardan tashqari yana ikki ayol hakam – yaponiyalik Yoshimi Yamashita va ruandalik Salima Mukansanga jalb qilingan.

38 yoshli Frappar Fransiya chempionati, milliy kubogi va Yevropa Chempionlar ligasi final bosqichlarida ishlagan. U 2019 yilda  "Chelsi" va "Liverpul" o‘rtasidagi UEFA Superkubogi final uchrashuvini boshqarib borgan. Dekabr oyida Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Frapparni jahon futbolidagi eng yaxshi ayol hakam sifatida e’tirof etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JCH2022 Frappar

Baholaganlar

202

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing