Futbol muxlislari uchun Gruziyadan Germaniyaga 4 ta charter reys amalga oshiriladi

Sport

image

Gruziya hukumati Yevropa chempionati 1/8 finali doirasida Kyolnda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Gruziya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga ko‘rishni xohlovchilar uchun Germaniyaga to‘rtta subsidiyali charter reyslarni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Gruziya aeroportlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Biz Ispaniya terma jamoasi bilan bahsda tarixiy natija qayd etishimiz kerak, buning uchun Gruziya hukumati ko‘rsatmasi bilan imkon qadar ko‘proq gruziyalik muxlislarni stadionga safarbar qilish kerak. “Aeroportlar assotsiatsiyasi” milliy terma jamoamiz guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etib, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi bilanoq qo‘shimcha charter reyslarini rejalashtirish ustida ishlay boshladi”, deydi Gruziya aeroportlari assotsiatsiyasi rahbari Irakliy Karkashadze.

Chiptalar sotuvi allaqachon boshlangan. Bir tomonlama samolyot chiptasi 195 yevro turadi. Jadvalga ko‘ra, 29 iyun kuni soat 12:00 da Tbilisi - Kyoln reysi va shu kuni soat 19:00 da ushbu yo‘nalish bo‘yicha ikkinchi reys amalga oshiriladi. 30 iyun kuni soat 04:30 da Gruziya poytaxtidan Kyoln yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi reys amalga oshiriladi. Va 2 iyul kuni soat 15:00 da Kyolndan Tbilisiga parvoz bo‘ladi.

26 iyun kuni Gruziya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:0) va turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1/8 finalda gruziyaliklar 30 iyun kuni Ispaniya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Gruziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing