Futbol qiroli shifoxonaga yotqizildi

Sport

image

Jahon futboli tarixida eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etiladigan, 3 karra jahon chempioni Pele Parijdagi shifoxonaga yotqizildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbol afsonasining hayoti xavf ostida emas. Biroq  braziliyalik sobiq futbolchining shifokorlar ko‘rigida qancha muddat bo‘lishi ma’lum qilinmadi. Pelening shifoxonaga yotqizilganini Braziliya nashrlari ham tasdiqlagan. Unga ko‘ra, futbolchi shifoxonaga 2 apre kuni tibbiy ko‘rik uchun olib kelingan.

Aslida Pele Parijga PSJning 20 yoshli iqtidorli futbolchisi Kilian Mbappe bilan uchrashish uchun kelgan edi. Futbol qiroli yosh fransuzni ayni paytdagi eng yaxshi futbolchi deb atagan edi.

Ma’lumot uchun, Pele Braziliyaning “Santos” klubi safida to‘p surib, barcha o‘yinlarni hisoblaganda 1000 dan ortiq gol kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Pele

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing