Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘ynashi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Rossiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Rossiya futbol ittifoqi haqiqatdan ham terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuv noyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Biroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Rossiya bilan o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, UEFA Ukrainadagi urush sababli Rossiya klublari va terma jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing