O‘zbekiston U18 terma jamoasi Germaniyadan kelgan jamoa bilan kuch sinashadi

Sport

image

Joriy yilning 20 may kuni Berlin futbol federatsiyasining U18 terma jamoasi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda ayni vaqtda Germaniyada bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Berlin U18 terma jamoasi  GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi arafasida ikkita o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Berlin U18 terma jamoasining o‘yinlari 21 va 23 may kunlariga belgilangan. O‘yinlar O‘zbekiston U18 terma jamoasiga qarshi Andijon va Namangan viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilyapti. Bu borada Germaniya tomoni va O‘zbekiston futbol federatsiyasi o‘rtasida kelishuv o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga tashrif buyuradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya terma jamoa

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing