Futbol assotsiatsiyasi qator soliqlardan ozod bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator soliqlardan ozod etiladi. Bu to‘g‘rida kecha, 18 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • barcha turdagi soliqlar (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
  • o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan, maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat soliqlari shular jumlasidandir.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing