Futbol hakami dengizda cho‘kib, vafot etdi

Sport

image

Turkiyaning Zonguldak shahrida 34 yoshli sobiq futbolchi va hakam Hoqon Ergin cho‘milish taqiqlanganiga qaramay, Uzunkum sohilida suvga tushib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Anka” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 9 avgust kuni tush paytida Kapuz ko‘chasidagi Uzunkum sohilida sodir bo‘lgan. Hoqon Ergin salqinlash maqsadida dengizga tushgan. Biroq u kuchli to‘lqinlar orasida g‘oyib bo‘lgan.

Voqea joyiga sohil qo‘riqlash xizmati, tibbiyot xodimlari, politsiya va AFAD qutqaruv guruhlari jalb qilingan. Qidiruv ishlari natijasida Ergin ochiq dengizda topilgan. U qayiqqa olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokorlarning barcha urinishlariga qaramasdan, Ergin Otaturk davlat shifoxonasida vafot etgan.

Fojiali xabarni eshitgan Erginning yaqinlari shifoxonaga yetib borgan. Voqeadan so‘ng politsiya nafaqat Uzunkum sohilini, balki boshqa sohillarni ham odamlar uchun yopgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand janubida o‘tkazilgan futbol uchrashuvi vaqtida chaqmoq urishi oqibatida bir futbolchi halok bo‘lgandi, yana 9 nafar sportchi jarohat olgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing