Tailandda futbolchi chaqmoq urishi oqibatida vafot etdi (video)
Sport
−
10:10 289 1 daqiqa
Tailand janubida o‘tkazilgan futbol uchrashuvi vaqtida chaqmoq urishi oqibatida bir futbolchi halok bo‘ldi, yana 9 nafar sportchi jarohat oldi. Bu haqda “Bangkok Post” nashri xabar berdi.
Hodisa joriy yilning, 4 avgust kuni Naratxivat provinsiyasida bo‘lib o‘tgan Golok FA Cup 2026 mintaqaviy turniri doirasida sodir bo‘lgan. Musobaqada Tailand va Malayziya jamoalari ishtirok etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maydonga chaqmoq urilgani va uning ortidan bir nechta futbolchilarning yerga qulaganini ko‘rish mumkin.
Halok bo‘lgan futbolchi 24 yoshli tailandlik Sofvan Ave ekani ma’lum qilindi. Uning jamoadoshlari maydonning o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga uringan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Chaqmoq urishi oqibatida yana 8 nafar tailandlik futbolchi turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, bir nafar malayziyalik futbolchi ham jarohat olgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, uyiga javob berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyaning Malakka shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida futbolchi R.Tanesh chaqmoq urishi oqibatida vafot etgandi.
Live
Barchasi