Furqat Rahimov ham Administratsiyadan ketdi
Jamiyat
−
17 avgust 2023
12569Furqat Rahimov Jalolovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Furqat Rahimov 2017 yil 21 avgustdan 2019 yil 23 maygacha Samarqand shahri hokimi lavozimida ishlagan.
2019 yil 23 maydan 2020 yil 27 maygacha esa Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
2020 yildan 2022 yilgacha Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri bo‘lgan.
2022 yil 1 noyabrdan boshlab Prezident Administratsiyasining Tahliliy materiallar tayyorlash va bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi mudiri lavozimiga tayinlangan.