Fuqarolarni 8 mlrdga chuv tushirgan XBA rahbarlariga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida respublika bo‘ylab minglab fuqarolarni xorijga ishga yuborish bilan aldab olingan pullarni o‘zlashtirib yuborgan yana bir xususiy bandlik agentligi vakillari ustidan sud hukmi o‘qildi.

Sud tergovi jarayonida ma’lum bo‘lishicha, “Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdorlari jami 1 087 nafar fuqaroga 8 mlrd so‘mlik moddiy zarar yetkazgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, XBA rahbari Allaberdiyev Jahongir Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a,b” bandlari va 25,168-modda 4-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shuningdek, bandlik agentligining boshqa mansabdor shaxslariga ham turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Sudlanuvchi Alisher Ergashev Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “b” bandlari va 25,168-modda 4-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, BHMning 410 baravari miqdorida, ya’ni 91 mln 430 ming so‘m miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi. U yetkazilgan zararlarni o‘z vaqtida qoplab bergani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo chorasi qo‘llandi va sud zalidan ozod qilindi.

Sud xususiy bandlik agentligining hozircha mavjud 600 million so‘mga yaqin pul mablag‘larini proporsional tarzda taqsimlashni va qolgan qismini ayblanuvchilarning qoplash sharti bilan undirilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xususiy bandlik agentligi

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing