3 ta Xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi

Jamiyat

image

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 3 ta xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyalar tugatilganini ma’lum qildi. 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, MCHJ shaklidagi “Manpower consult group”, “Unistaff”, “Karmada Recruiting and Consulting” xususiy bandlik agentliklari litsenziyalarining amal qilishi bekor qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 49-bandiga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalarini bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

litsenziya Xususiy bandlik agentligi

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing