10 ming dollar evaziga bog‘cha litsenziyasini va’da qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish uchun litsenziya va boshqa zarur ruxsatnomalarni olib berishni va’da qilib, 10 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1984 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan shaxs Baliqchi tumanida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaroga Baliqchi tumani hududida xususiy bog‘cha ochish uchun go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali litsenziya hamda boshqa zarur ruxsatnomalarni olib berishini aytgan.

U buning evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, kelishilgan pulning 5 ming AQSH dollarini Andijon shahri Mustaqillik mahallasi hududida olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 26 mln so‘m olgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing