Fuqarolar uchun sud bojlari kamaytirilmoqda
Jamiyat
−
10 Oktabr 2022 4909 1 daqiqa
Fuqarolar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan sudlarga murojaat qilish chog‘ida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, amaldagi stavka fuqarolardan BHMning 1 baravari, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari miqdorida belgilangan.
Loyiha qabul qilinsa ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar 150 ming so‘m, yuridik shaxs va YATTlar 1,5 mln so‘m boj to‘laydigan bo‘ladi.
“Loyiha deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Odil sudlov sari qadamda hozircha bu ham kichik “progress”, desa bo‘ladi”, deydi Kusherboyev.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr