Fuqaro va davlat örtasidagi nizolar: ma’muriy sudlovda nimalar özgaradi?

Biznes

−

visibility281 timer5 daqiqa

image

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning yangi tahririni tasdiqlaşga qaratilgan qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi. Hujjatda jamoaviy da’vo institutini joriy etiş, sudning işni körib çiqişdagi faol rolini kuçaytiriş va sud qarorlari ijrosini ta’minlaşga oid takliflar nazarda tutilgan.

Xöş, davlat idorasining qaroriga rozi bölmagan fuqaro qayerga murojaat qilişi kerak? Agar tadbirkorning qonuniy manfaatlari ma’muriy organ qarori tufayli buzilsa, u öz huquqlarini qanday himoya qilişi mumkin? Eng muhimi, sud haq bölgan tomonni aniqlaganidan keyin qabul qilingan qarorning bajarilişi qanday ta’minlanadi?

Bu kabi savollar ma’muriy sudlov tizimining naqadar muhim ekanini körsatadi. Zero, fuqaro va davlat organi örtasidagi nizoda gap şunçaki bir qaror yoki hujjat haqida emas, balki insonning huquqi, qonuniy manfaati va davlatga bölgan işonçi haqida boradi.

Ma’muriy nizolarning öziga xos jihati şundaki, ularda bir tomonda davlat organi yoki mansabdor şaxs, ikkinçi tomonda esa fuqaro yoxud tadbirkor iştirok etadi. Davlat idorasida hujjatlar, ma’lumotlar va mutaxassislar bölişi mumkin. Fuqaro esa öz talabini asoslaş uçun zarur ma’lumotlarni olişda qiyinçilikka duç kelişi ehtimoldan xoli emas.

Bunday vaziyatda sudning vazifasi taraflar taqdim etgan hujjatlarni formal tekşiriş bilan çeklanmasligi lozim. Nizoning haqiqiy holatlarini aniqlaş, iş uçun ahamiyatli dalillarni talab qilib oliş va har ikki tomonning vajlariga xolis huquqiy baho beriş adolatli qaror qabul qilişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.

Qonun loyihasida aynan şu masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Unda ma’muriy sud işlarini yuritişda sudning faol iştiroki prinsipini qöllaş mexanizmlarini kengaytiriş nazarda tutilmoqda.

Bu, sud fuqaro yoki davlat organi tarafini oladi, degani emas. Aksinça, sudning mustaqilligi va xolisligini saqlagan holda işning barça muhim jihatlarini töliq örganiş, taraflarning protsessual huquqlarini ta’minlaş va qonuniy qaror qabul qiliş uçun zarur şaroit yaratişni anglatadi.

Bir xil muammoga duç kelganlar jamoaviy da’vo bilan murojaat qilişi mumkin

Qonundagi muhim yangiliklardan yana biri – jamoaviy da’vo (class action) institutini joriy etişdir.

Tasavvur qilaylik, muayyan ma’muriy qaror bir vaqtning özida köplab fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladi. Har bir şaxsning alohida murojaat qilişi vaqt va mablağ talab etadi. Bunday holatlarda jamoaviy da’vo mexanizmi öxşaş huquqiy manfaatlarga ega şaxslarning sud orqali himoyalanişini yengillaştirişi mumkin.

Qonunda jamoaviy murojaat qilişning asoslari, şartlari va tartibi belgilanib, da’vo turlari aniqlaştirildi. Bu bir xil huquqiy muammoga duç kelgan şaxslarning öz manfaatlarini sudda birgalikda himoya qilişi uçun huquqiy asos yaratadi.

Yana bir muhim jihat. Sud fuqaro yoki tadbirkorning haqligini e’tirof etgani bilan uning huquqi har doim ham amalda tiklanib qolmaydi. Buning uçun sud qarori öz vaqtida va töliq ijro etilişi kerak.

Şu sababli, loyihada davlat organlari tomonidan sud hujjatlarini ijro etişning ta’sirçan mexanizmlarini joriy qilişga alohida e’tibor qaratilgan. Şuningdek, işlarni körib çiqiş muddatlarini aniqlaştiriş va arizalarni qabul qiliş, qaytariş yoki körmasdan qoldiriş asoslarini takomillaştiriş taklif etilmoqda.

Bu özgarişlarning ahamiyati şundaki, huquqiy himoya faqat sudda qaror qabul qilinişi bilan çeklanmasligi, balki buzilgan huquqning amalda tiklanişiga ham xizmat qilişi lozim.

Qonunda fuqarolar va tadbirkorlarning ma’muriy hujjatlarga bölgan işonçini himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş, arizani qabul qilişni rad etiş, uni körmasdan qoldiriş yoki qaytariş asoslarini aniqlaştiriş, şuningdek, prokurorning ma’muriy sud işlaridagi iştirokiga oid normalarni xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş ham nazarda tutilgan.

Bularning barçasi ma’muriy sudlov jarayonida huquqiy aniqlikni oşiriş, işlarni körib çiqişda asossiz tösiqlarni kamaytiriş va protsessual adolatni ta’minlaşga qaratilgan.

Ma’lumotlarga köra, 2017–2026 yillarda ma’muriy sudlar qariyb 150 mingta işni körib çiqqan. Şundan 55 foiz holatda fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan. Şuningdek, huquqbuzarlik holatlari böyiça qariyb 27 mingta xususiy ajrim çiqarilgan.

Bu raqamlar ma’muriy sudlarning fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilişdagi örnini körsatadi. Ayni paytda davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini yanada kuçaytiriş, sud qarorlarining ijrosini ta’minlaş va ma’muriy nizolarni hal etiş tartibini takomillaştiriş zarurati saqlanib qolmoqda.

Qonunning Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilişi – ma’muriy sudlov tizimini takomillaştiriş yölidagi muhim qadamdir. Unda nazarda tutilgan özgarişlar, avvalo, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, sud qarorlarining samarali ijrosini ta’minlaş va davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Şaxnoza Joldasova,
Qonunçilik palatasi deputati


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing