Fuqaro uyiga gaz uchun qarzdorlikni undirishga kelgan “Sirdaryotumangaz” xodimini pichoqlab, o‘ldirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz idorasi xodimiga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilgani natijada voqea joyida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 9 oktyabr kuni taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MCHJda metrologiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Q. Sirdaryo tumani, “Do‘stlik” MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste’moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.

Shu jarayonda ular o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan, so‘ngra K.F. pichoqni olib qo‘yib Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik pichoqbozlik Sirdaryo

Baholaganlar

504

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing