Freedom House O‘zbekistonni “erkin bo‘lmagan” davlat deb topdi

Jamiyat

image

Freedom House xalqaro inson huquqlari tashkiloti “Freedom in the World 2021” reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston maksimal 100 balldan 11 ball yig‘ib, yana bir bor “erkin bo‘lmagan” mamlakatlar qatoridan joy oldi.

O‘zbekistonliklarning siyosiy huquqlari 40 balldan 2 ball, fuqarolar erkinliklari darajasi 60 balldan 9 ball bilan baholandi.

MDH mamlakatlari reytingida:

•    Moldova – 61 ball/qisman erkin
•    Ukraina – 60 ball/qisman erkin
•    Armaniston – 55 ball/qisman erkin
•    Qirg‘iziston – 28 ball/erkin emas
•    Qozog‘iston – 23 ball/erkin emas
•    Rossiya – 20 ball/erkin emas
•    Belarus – 11 ball/erkin emas
•    O‘zbekiston – 11 ball/erkin emas
•    Ozarbayjon – 10 ball/erkin emas
•    Tojikiston – 8 ball/erkin emas
•    Turkmaniston – 2 ball/erkin emas

Reytingga 100 ball yig‘gan Shvetsiya, Norvegiya va Finlyandiya boshchilik qilgan. Ulardan keyingi o‘rinlarni Yangi Zelandiya (99), Kanada, Urugvay va Gollandiya (har biri 98 ball) egallagan.

Tibet va Suriya (har biri 1 balldan), Janubiy Sudan, Eritreya va Turkmaniston (har biri 2 balldan), shuningdek, Shimoliy Koreya (3 ball) eng yomon natija ko‘rsatgan.

Freedom House o‘z hisobotida butun dunyo bo‘ylab erkinlik darajasi 15 yil ketma-ket pasayib borayotganini ta’kidlamoqda. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 54 mamlakat erkin emas — bu 2006 yilda global erkinlikning pasayishi boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. 


Maqola muallifi

Teglar

inson huquqlari

Baholaganlar

655

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing