Fransiyaning yetakchi futbolchisi yarim finalni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkin

Sport

image

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Yevro-2024 yarim finalidagi Ispaniyaga qarshi o‘yinda Fransiya terma jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “uch-ranglilar” bosh murabbiyi Dide Desham 33 yoshli forvardning oldingi uchrashuvlardagi sust o‘yini tufayli Grizmanni zaxirada qoldirish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Portugaliya bilan chorak final uchrashuvida Grizmann 67-daqiqada Usmon Dembelega almashtirildi.

Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 10 iyulga o‘tar kechasi Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv g‘olibi finalda Niderlandiya-Angliya bahsida yutgan jamoa bilan Yevro-2024 g‘olibligi uchun bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Atletiko Antuan Grizmann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made