Fransiyaning sobiq prezidenti qamaldi 

Olam

image

Parijdagi apellyatsiya sudi 17 may kuni Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Sud qaroriga ko‘ra, siyosatchi bir yilga haqiqiy qamoq shuningdek, ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu haqda “France-press” agentligi xabar berdi

Fransiya milliy moliya prokuraturasi 2007 yilgi prezidentlik kampaniyasini Liviya tomonidan moliyalashtirilgani bo‘yicha sobiq prezident Nikolya Sarkozi va yana o‘n ikki kishiga nisbatan sud o‘tkazilishini talab qilgan.

Prokurorlar Fransiyaning sobiq rahbarini “passiv korrupsiya”, jinoiy til biriktirish, saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish va Liviya davlat mablag‘larini o‘g‘irlashni yashirish ayblari bilan sudga berishni talab qilgan. Fransiya Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Klod Gehan, Fransiyaning sobiq byudjet vaziri Erik Vert, shuningdek, Sarkozining eng yaqin yordamchilaridan biri Bris Ortefe ham ish doirasida ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sarkozi avvalroq bir yillik elektron kuzatuv ostida uy qamog‘iga hukm qilingandi. U korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda aybdor deb topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nikolya Sarkozi Frantsiya sobiq prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing