Fransiyaning bir nechta shaharlari Qatardagi Jahon chempionatini boykot qildi
Sport
−
04 Oktabr 2022
4950Parij va Fransiyaning boshqa bir qancha shaharlari futbol bo‘yicha Qatar-2022 Jahon chempionatini boykot qilmoqda. Bu haqda "L’Equipe" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi bo‘lib Strasburg, Lill, Reyms va Marsel musobaqani boykot qilgan. Keyinchalik ularga Parij ham qo‘shilgan.
Boykot doirasida ushbu shaharlarda jahon chempionati o‘yinlari katta ekranlarda ko‘rsatilmaydi. Muxlislar uchun fan zonalari ham tashkil etilmaydi.
Shaharlar hokimiyati boykotning sabablari qatorida JCH-2022 uchun Qatarda qurilgan stadionlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri, arenalar qurilishidagi mehnat sharoitlari, mamlakatda inson huquqlarining buzilishi va mehnat muhojirlarining ekspluatatsiyasi kabilarni keltirgan.
Ma’lumot uchun, Qatardagi Jahon chempionati shu yilning 20 noyabridan 18 dekabrigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi