Fransiyaning Hind okeanidagi hududida tropik siklon ro‘y berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Joriy yilning 14 dekabr kuni Fransiyaning Hind okeanidagi Mayotta hududi va Pamanji orollariga yopirilgan “Chido” sikloni ortidan kamida bir necha yuz va ehtimol minglab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti xabar berdi.

Madagaskar yaqinidagi Komor orollariga urilgan to‘fon 1934 yildan beri mintaqadagi eng kuchlisi deb nomlanmoqda. Shamol tezligi 200 km/soatdan oshgan. Oqibatda Mayottada hukumat binolari, maktablar va bir necha tibbiyot muassasalariga zarar yetgan.

Mahalliy hukumat vakillariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 246 kishi jarohat olgan va 14 kishi halok bo‘lgan. Haqiqiy qurbonlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin, rasmiylar aniq raqamni aytish qiyin ekanini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Mayotta aholisining aksariyati musulmonlar bo‘lib, shu bilan birga, u yerda juda ko‘p sonli hujjatsiz qochqinlar yashaydi.

Mayotta Fransiyadan uzoqda – umumiy maydoni taxminan 374 kvadrat metr bo‘lgan chet el mintaqasida joylashgan. Hududda 320 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shu bilan birga, mahalliy iqtisodiyot deyarli butunlay Parijning subsidiyalariga bog‘liq va Mayottaning deyarli har uchinchi aholisi ishsizdir.

Mayottadagi umumiy vayronagarchilik darajasiga qaramay, mahalliy aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi saqlanib qolgan. Fransiya Ichki ishlar vaziri Bryuno Retayoning aytishicha, Mayottaga 110 nafar qutqaruvchi va o‘t o‘chiruvchi yuborilgan. Keyinchalik ularga yana 160 favqulodda xizmat xodimlari qo‘shiladi. Ayni paytda hududda 1600 ga yaqin jandarm va politsiyachi bor.

Ijtimoiy keskinlik so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yomon qurg‘oqchilik tufayli 2023 yilda kutilayotgan suv tanqisligi bilan kuchaymoqda. Jumladan, 2023 yil avgust oyida Mayottadagi ikkita asosiy suv ombori atigi 25 va 14 foizga to‘lgan. Tahlilchilarning aytishicha, bu holatning sabablaridan biri global iqlim o‘zgarishi oqibatlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya tsiklon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing