Fransiyaga yo‘l olayotgan o‘zbekistonlik futbolchi jamoasi bilan xayrlashdi

Sport

image

“Energetik-BGU”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov Belarus klubi bilan xayrlashdi. Futbolchi o‘z Instagram sahifasida jamoa bilan bu haqdagi postini e’lon qildi.

“Minskda o‘tkazgan vaqtim uchun barchaga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli men ham futbolchi, ham shaxs sifatida o‘sdim – yanada yetuk bo‘ldim, yangi sinovlarga tayyorman”, deydi Husanov.

Shuningdek, futbolchi Belarus klubida katta o‘sishga erishganini aytib o‘tdi. 

“Men “Energetik”ga O‘zbekistonda kam tanilgan, yosh futbolchi sifatida keldim va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘olib chiqqan, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoa futbolchisi sifatida ketyapman. Jamoadoshlarim va “Energetik-BGU” murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. Menga professional o‘sishda yordam bergan Anatoliy Ivanovich Yurevichga alohida rahmat. “Energetik” menga katta futbolga yo‘l berdi va shuning uchun u mening qalbimdan abadiy o‘z o‘rnini egallaydi”, deydi Husanov.

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi faoliyatini Fransiyaning “Lans” klubida davom ettiradi. Hozirda Husanovning agentlari va “Lans” klubi mutaxassislari o‘rtasida muzokaralar ketmoqda.

Husanov o‘tgan mavsum klub safida umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning transfer qiymati 400 ming yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Abduqodir Husanov Lans “Energetik-BGU”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing