Fransiyadan O‘zbekistonga yangi elchi keldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi.

Abdulaziz Komilov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qila turib, elchini tayinlov bilan qutladi va unga omad tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Fransiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘targan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim e’tibor qaratildi.

Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va ta’lim kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmlarini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

elchi yangi

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing