Fransiyadagi namoyishlar fonida 76-Kann xalqaro kinofestivali qanday ochildi? (fotoreportaj)

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 16 may kuni 76-Kann xalqaro kinofestivalining Fransiyada ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Marosimning ilk kunida Katrin Denyov, Uma Turman va uning o‘g‘li Xelen Mirren, Alessandra Ambrosio, Emmanuel Bear, Dmitriy Rassam va uning rafiqasi Sharlotta Kasiragi, Naomi Kempbell kabi mashhur yulduzlar ishtirok etdi.

Tarixda birinchi marta festivalning prezidenti ayol kishi – germaniyalik prodyusser Ayris Knoblox bo‘ldi. Bunga qadar bu vazifani jurnalist va jamoat arbobi Per Leskyur bajarib kelgan edi.

Bildirilishicha, 2023 yilgi kinofestival aktyor Maykl Duglasga yorqin kar’erasiga e’tirof sifatida faxriy “Oltin palma novdasi” statuetkasi topshirilishi bilan rasmiy ochilgan.

Tadbirda aktrisa va rejissyor Mayven Le Beskoning (Jeanne du Barry), “Janna du Barri” tarixiy dramasi birinchi bo‘lib namoyish etildi. Film qirol Lyudovik XV bilan uchrashgandan so‘ng Fransiyadagi eng nufuzli ayollardan biriga aylangan Jan Voberniyer ismli yosh ayol haqida hikoya qiladi. Qirol rolini aktyor Jonni Depp o‘ynagan, bu ish uning so‘nggi uch yildagi birinchi asosiy roli bo‘ldi. Cobiq rafiqasi Ember Xerd aktyorni oiladagi zo‘ravonlikda ayblaganligi sababli, Depp bir qancha vaqt filmlarda rol o‘ynashga taklif qilinmay, shartnomalari bekor bo‘lgan edi. Rejissyorning o‘zi filmda bosh rolni ijro etgan. Filmda mashhur aktyor Per Rishar ham suratga tushgan.

Kinoko‘rik tashkilotchilari asosiy tanlovda ishtirok etish uchun turli mamlakatlardan 21 ta filmni tanlab olgan. Festivalning bosh sovrini uchun, Ues Anderson rejissyorligidagi, bosh rollarda Tilda Suinton, Edrian Brodi, Tom Xenks va Margot Robbi ishtirokidagi, “Asteroid shahri” (“Asteroid City”), kinorejissyor Vima Vendersaning “Mukammal kunlar” (“Perfect Days”) hamda Vim Venders va Aki Kaurismyaki rejissyorligi ostida “Xazon bo‘lgan barglar” filmlari kurash olib boradi.

Kinofestival 27 may shanba kuniga qadar davom etadi.

Ta’kidlash lozimki, bu yilgi festival Fransiyada yanvar oyi oxiridan beri eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarish bo‘yicha hukumatning pensiya islohoti rejasiga qarshi norozilik namoyishlari ostida kechayotgan keskinlik fonida o‘tmoqda. Natijada xavfsizlik choralari kuchaytirilib, shaharda xizmat qilish uchun qo‘shimcha 1000 nafar politsiya va jandarm xodimlari ajratilgan. Huquq-tartibot idoralari shahardagi tartibni ham onlayn nazorat qilish maqsadida Kannda 800 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, birinchi Kann kinofestivali 1939 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uni tashkil etish g‘oyasi 1932 yilda tug‘ilgan, ammo uni amalga oshirish Ikkinchi jahon urushi tufayli to‘xtatilgan. Natijada birinchi festival 1946 yilda bo‘lib o‘tgan va har yili o‘tkazish an’anaga aylangan. 1948 va 1950 yil esa bundan mustasno. Festival tarixida ilk bor 2020 yilda pandemiya sababli gibrid formatda mukofotlarsiz o‘tkazilgan edi. Biroq o‘sha paytda tanlovga taqdim etilgan filmlar festival brendi ostida chiqish huquqini olgan.

Sevara Azimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Kann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing