Fransiyadagi bir nechta qamoqxonalarga hujum uyushtirildi

Olam

image

Bugun, 15 aprel kuniga o‘tar kechasi Fransiyada bir qator qamoqxonalar jinoyatchilar hujumiga uchradi, ular mashinalarga o‘t qo‘yib, otishma uyushtirdi. Bu haqda BFMV telekanali xabar berdi.

“Fransiyaning bir qancha qamoqxonalari avtomatlardan o‘qqa tutildi yoki yoqib yuborildi”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, noma’lum shaxslar Lyuin va Valans shahridagi axloq tuzatish muassasalari yaqinida avtomobillarga o‘t qo‘ygan. Avtomatlardan o‘q uzilgan, Kalashnikov avtomatidan ham 15 marta o‘q ovozi eshitilgan.

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Nanterra, Vilpent va Nimdagi muassasalar ham zarar ko‘rgan. Marselda 13-okrug ko‘chasida ham bir nechta avtomobil yoqib yuborilgan, ulardan o‘nga yaqiniga “DDPF” qisqartmasi qo‘yilgan, uning ma’nosi noma’lum.

BFMV manbalariga ko‘ra, ushbu hujumlar muvofiqlashtirilgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar Fransiya hukumatining narkosavdogarlarni saqlash uchun qattiq tartibli qamoqxonalar qurish rejasiga javob sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing