Fransiyada yilning eng yaxshilari aniqlandi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya futbolchilar va murabbiylar ittifoqi (UNFP) talqiniga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” deb topildi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Qayd etilishicha, futbolchi sovrin uchun jamoadoshi Lionel Messi, “Lans” futbolchilari Lois Openda va Seko Fofana va “Lill” hujumchisi Jonatan Devid bilan bellashgan. 

Ma’lumot uchun, Kilian joriy mavsumda Liga 1 ning 33 ta o‘yinida maydonga tushib,  28 ta gol va 5 ta golli uzatmani hisobiga yozib qo‘ydi. Bu ko‘rsatkich bilan u faoliyatida to‘rtinchi bor  “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Lans” darvozaboni Bris Samba “Yil darvozaboni”, Frank Ez “Yil murabbiyi” sovriniga ega chiqdi. Ez boshchiligidagi “Lans” uzoq tanaffusdan so‘ng YeCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing