Fransiyada urush davri uchun maxsus qo‘llanma tayyorlanmoqda
Olam
−
18 mart 3157 2 daqiqa
Fransiya hukumati mamlakat hududida urush yoki boshqa har qanday inqirozli vaziyat yuzaga kelganda omon qolish uchun nafaqa puli ajratadi. Bu haqda “Europe1” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hukumat urush davrida omon qolish uchun aholiga qo‘llanma tayyorlamoqda. Bu 20 sahifadan iborat qo‘llanma bo‘lib, unda mamlakat aholisi xavf tug‘ilganda nima qilishi kerakligi batafsil bayon etiladi.
“Gap Fransiya hududidagi harbiy harakatlar, shuningdek, tabiiy ofatlar va epidemiyalar haqida boradi. Rasmiylar uni joriy yilning yoziga qadar barcha aholiga tarqatish niyatida”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qo‘llanma uch qismga bo‘linadi. Birinchisi inqirozli vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlanadi – suv va konservalarni g‘amlash, dori qutisini tayyorlab qo‘yish. Ikkinchisi esa bevosita inqirozli vaziyatda harakatlar ro‘yxati – masalan, yadroviy halokat yoki yadroviy zarba paytida boshpana topish. Uchinchisi – jamoaga har qanday inqirozdan keyin tiklanishga yordam berish uchun qanday qilib otryadlarga (harbiy, sanitariya, kommunal) yozilish haqida.
“Maqsad – fransuzlarga nafaqat qurolli to‘qnashuvga, balki har qanday vaziyatga tayyor turishni aytish. Fransuz doktrinasi tiyib turishdan iborat ekan, faqat qurolli mojaroga e’tibor qaratish va faqat shuni fransuzlarning miyasiga singdirish samarasiz bo‘lardi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron zamonaviy Rossiya butun Yevropa, jumladan, Fransiya uchun tahdidga aylanganini va u Ukrainada to‘xtab qolishiga hech qanday asos ko‘rmayotganini aytgandi. Makronning fikricha, Fransiya Ukrainaga yordam berish hamda o‘z fuqarolari va butun Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy qarorlar qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Germaniyaning Bavariya federal yeri sog‘liqni saqlash vaziri Yudit Gerlax esa Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi urush sharoitida ham harbiylar, ham fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr