Fransiyada saylov: Makron va Le Pen prezidentlik poygasining ikkinchi bosqichiga kirishdi

Olam

image

Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, amaldagi Prezident Emmanuel Makron va “Milliy birlashma” o‘ta o‘ng partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichiga kirishmoqda.

Xabar qilinishicha, birinchi turda Emmanuel Makron 28,1 foiz, Le Pen esa 23,3 foiz ovoz olgan.

“Bo‘ysunmas Fransiya” o‘ta so‘l partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon 20,1 foiz, Fransiya prezidentligiga nomzod o‘ta o‘ngchi Erik Zemmur 7,2 foiz va o‘ng-markazchi “Respublikachilar” partiyasi nomzodi 5 foiz ovoz oldi.

Yashillar partiyasi rahbari, Yevropa parlamenti a’zosi Yannik Jado 4,4 foiz ovoz oldi, Sotsialistik partiya nomzodi va Parij meri Ann Idalgo besh foizlik to‘siqdan o‘ta olmadi.

Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 24 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fransiyada prezidentlik saylovlari boshlandi, unda eng yuqori davlat lavozimiga 12 nomzod, jumladan amaldagi Prezident Emmanuel Makron da’vogarlik qilmoqda.

67 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan mamlakatda 48,7 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Saylovning rasmiy natijalari Konstitutsiyaviy sud tomonidan 13 aprel kuni e’lon qilinadi.

Saylovda g‘alaba qozongan nomzod 13 maygacha Prezident lavozimini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya saylov

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing