Nazarboyevdan qolgan lavozimga da’vogarlar soni 7 nafarga yetdi

Olam

image

Qozog‘iston jamoatchiligining taniqli arbobi Amirjon Kosanov prezidentlikka nomzod bo‘ldi. Bu haqda “Turantimes.kz” xabar berdi.

Bugun, 26 aprel kuni Olma-otada “Ұlt tag‘dыrы” Respublika jamoatchilik birlashmasining (RJB) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qabul qilingan birinchi qaror tashkilotning muddatidan avval o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida ishtirok etishi bo‘ldi. RJB rahbari Dos Qo‘shim birlashmadan nomzod sifatida Amirjon Kosanovni ko‘rsatdi. Kosanov nomzodi bir ovozdan ma’qullangan.

54 yoshli Amirjon Kosanov Qozog‘iston Davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist. Turli yillarda siyosiy partiya, jamoatchilik harakatlarida faoliyat olib borgan.

Amirjon Kosanovning prezidentlik uchun kurashga qo‘shilishi bilan Qozog‘istonda nomzodlar soni 7 nafarga yetdi.

22 aprel kuni “Ұlы Dala Qыrandarы” Respublika harakati” RJB vakili Sadibek Tugelning hujjatlari Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan va prezidentlik uchun nomzod bo‘lgandi.

23 aprel kuni Qosim-Jomart Toqayev nomzodi Nur Otan partiyasi tomonidan prezidentlik uchun ko‘rsatilgandi. U davlat tilinishi bilishi bo‘yicha imtihonni ham ijobiy topshirib bo‘ldi.

23 aprel kuni Qozog‘iston Kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidentlik uchun Omongeldi Taspixov nomzodini ilgari surdi. U Kasaba uyushmalarining G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati birlashmasi raisi hisoblanadi.

24 aprel kuni “Ak Jol” demokratik partiyasi Daniy Yespayevni prezidentlik uchun nomzod deb e’lon qildi.

24 aprel kuni Toleut Rahimbekova nomzodi “Auыl” xalq-demokratik vatanparvarlik partiyasidan prezidentlik uchun ilgari surildi.

26 aprel kuni Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasi Jambila Ahmetbekovani prezidentlik uchun nomzod qilib ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 9 iyun kuni muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston saylov

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing