Daniya Qozog‘istondan Ukraina uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishni so‘radi
Olam
−
13:54 200 2 daqiqa
Bugun, 2 oktyabr kuni Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen Ostonada Qozog‘iston tashqi siyosat idorasi rahbari Muxtor Tleuberdi bilan uchrashuv chog‘ida respublika hukumatidan Ukrainadagi mojaroda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Rossiya bilan diplomatik aloqalardan foydalanishni so‘radi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
“Men Qozog‘istonga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikka erishish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Moskva bilan diplomatik aloqalaridan foydalanish iltimosi bilan murojaat qildim…
Yevropa hali ham xavotirda va biz, albatta, Ukrainada tinchlik tarafdorimiz”, deydi Rasmussen Tleuberdi bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga.
Rasmussen Qozog‘istonga qilgan tashrifini ijobiy baholagan.
“Bu qisqa, ammo yetarlicha mahsuldor tashrif bo‘ldi va men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni, ayniqsa biznes aloqalarini rivojlantirishga juda optimistik ruhda qarayman”, deydi Lars Lyokke Rasmussen.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirlining xabar berishicha, Rasmussen Daniyaning Qozog‘iston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlab, mamlakatning tashqi siyosiy va iqtisodiy kun tartibida Markaziy Osiyoning ortib borayotgan ahamiyatini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishning to‘rt varianti mavjudligini aytgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Hindiston, Turkiya, Misr va AQSHdan to‘rtta taklif olgan.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr