Fransiyada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Sport
−
20 may 2019
3183Joriy mavsumda Fransiya birinchi ligasining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi. Bu haqda Fransiya Professional futbolchilar assotsiatsiyasining Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Mazkur sovringa PSJ hujumchisi Kilian Mbappe loyiq ko‘rildi. Mbappe bu yo‘lda Anxel di Mariya (PSJ), Neymar (PSJ), Nikolya Pepe (“Lill”) va Hotam Ben-Arfa (“Renn”) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi.
Liga 1’ning yakuniga yetayotgan mavsumida Mbappe 32 ta gol urib, 11 ta assistni amalga oshirgan. Ma’lumot uchun, oldinda Fransiya birinchi ligasining yana bir tur o‘yinlari bor.
LiveBarchasi