Fransiyada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Sport
−
20 may 2019 4958 1 daqiqa
Joriy mavsumda Fransiya birinchi ligasining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi. Bu haqda Fransiya Professional futbolchilar assotsiatsiyasining Tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Mazkur sovringa PSJ hujumchisi Kilian Mbappe loyiq ko‘rildi. Mbappe bu yo‘lda Anxel di Mariya (PSJ), Neymar (PSJ), Nikolya Pepe (“Lill”) va Hotam Ben-Arfa (“Renn”) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi.
Liga 1’ning yakuniga yetayotgan mavsumida Mbappe 32 ta gol urib, 11 ta assistni amalga oshirgan. Ma’lumot uchun, oldinda Fransiya birinchi ligasining yana bir tur o‘yinlari bor.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart